Срочно
Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?
Спорт УзбекистанаdeSport Tahririyati 4

FIFAdan Shomurodovga xushxabar keldi

FIFA rasmiy sayti orqali 2026 yilgi jahon chempionatida urilgan eng chiroyli gol uchun ovoz berish natijasini e'lon qildi. Yakuniy ovoz berishda Lopesh Kabral O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovni ortda qoldirdi.

FIFAdan Shomurodovga xushxabar keldi

Xalqaro futbol federatsiyasi - FIFA rasmiy sayti orqali 2026 yilgi jahon chempionatida urilgan eng chiroyli gol uchun o'tkazilgan ovoz berish natijasini e'lon qildi.

Hyundai Goal of the Tournament sovrini Kabo-Verde terma jamoasi himoyachisi, 23 yoshli Sidni Lopesh Kabralga topshirildi. Uning Argentina darvozasiga 1/16 final bahsida urgan goli turnirning eng yaxshi goli, deb topildi.

Lopesh Kabral

Kabral o'zini qo'shimcha daqiqalarda namoyon qildi. U jarima maydonining chap qanotida Aleksis Makallisterni aldab o'tib, o'ng oyog'i bilan Emiliano Martines qo'riqlayotgan darvozaning uzoq yuqori burchagiga aniq zarba yo'lladi. Bu gol hisobni tenglashtirishga imkon berdi — 2:2. Shundan keyin ham argentinaliklar tashabbusni qo'ldan boy bermadi va hal qiluvchi golni urgan holda 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

Yakuniy ovoz berishda Lopesh Kabral O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovni ortda qoldirdi. Shomurodovning Kongo Demokratik Respublikasi darvozasiga kiritgan supergoli ikkinchi o'rinni egalladi.

Ta'kidlash lozimki, o'zbek hujumchisining bu goli guruh bosqichidagi eng chiroyli gol sifatida ham e'tirof etilgan edi.

Uchinchi pog'onaga esa Gaiti terma jamoasi hujumchisi Vilson Izidoraning Marokashga qarshi o'yinda urgan goli joylashdi. Shuningdek, eng chiroyli gol uchun da'vogarlar ro'yxatiga Kilian Mbappé, Lionel Messi, Jud Bellingem va Ferran Torres ham kiritilgan edi.

- Raqibni aldab o'tganim zahoti bo'sh hududni ko'rdim va o'yladim: “Sinab ko'rish kerak”. Men ikki oyog'im bilan ham yaxshi zarba beraman. Bo'sh joyni ko'rdim, yuqori burchakka nishon oldim va to'pga juda yaxshi tegdim, — deya eslaydi Kabral.

Futbolchining so'zlariga ko'ra, to'p “to'qqizlik” tomon uchib ketayotganini ko'rgan paytda ham u sodir bo'layotgan voqeaga darhol ishonmagan. Goldan so'ng jamoadoshlari boshlarini ushlab qolishgan, Kabralning o'zi esa tribunalar tomon bayram qilish uchun yugurgan.

Lopesh Kabral jahon chempionatlari tarixida “turnir goli” mukofotini qo'lga kiritgan faqat ikkinchi himoyachi bo'ldi. Bungacha bu yutuqqa faqat frantsuz Benjamen Pavar 2018 yilgi mundialda erishgan edi. Oldingi sovrindorlar orasida Maksi Rodriges, Diego Forlan, Xames Rodriges va Risharlison kabi nomlar ham bor.

Kabo-Verde terma jamoasi uchun 2026 yilgi jahon chempionati tarixdagi ilk ishtirok bo'ldi. Debyutant jamoa guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, pley-offning birinchi bosqichida Argentinaga mag'lubiyatdan so'ng musobaqani tark etdi.

Источник:Sports.uz
Поделиться: