Bir hujumchi uchun uch klub kurashyapti
Angliya Premer-ligasining uch klubi "Vest Xem" klubi hujumchisi Krisensio Sammervillga qiziqish bildirmoqda.

Angliya Premer-ligasini tark etgan "Vest Xem" klubi hujumichisi Krisensio Sammervillga Angliya Premer-ligasining uch klubi qiziqish bildirmoqda.
The Guardian nashri xabariga ko'ra, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" mahoratli futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda. Endi ular safiga "Fulxem" ham qo'shildi.
Manbaga ko'ra, Chempionshipga tushib ketgan "Vest Xem" moliyaviy ahvolini o'nglab olishi uchun etakchi o'yinchilardan hisoblangan Sammervill bilan yozgi transfer oynasida xayrlashishi kutilmoqda.
24 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda 34 ta uchrashuvda 7 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 35 million evro deb baholagan.
