Срочно
Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?
Спорт УзбекистанаdeSport Tahririyati 3

Abduqodir Husanov: Men Belarus chempionatida o'z o'yinimni topdim

O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Abduqodir Husanov Belarusga tashrif buyurib, Belarus sport vaziri Sergey Kovalchuk bilan uchrashdi. U Belarus xalqi, ayniqsa murabbiy Anatoliy Yurevichga minnatdorlik bildirdi.

Abduqodir Husanov: Men Belarus chempionatida o'z o'yinimni topdim

O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Abduqodir Husanov Belarusga tashrif buyurib, Belarus sport vaziri Sergey Kovalchuk bilan uchrashdi. U Belarus xalqi, ayniqsa murabbiy Anatoliy Yurevichga minnatdorlik bildirdi.

Abduqodir Husanov

Abduqodir Husanov Toshkentning “Bunyodkor” klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo asosiy jamoa safida birorta ham rasmiy o'yin o'tkazmagan.

U 2022 yilda, 16 yoshida Minskning “Energetik-BGU” klubiga ko'chib o'tdi va u erda Anatoliy Yurevich qo'l ostida ish boshladi.

2023 yil yozida istiqbolli himoyachini Frantsiyaning “Lans” klubi 450 ming evro evaziga sotib oldi. 2025 yil yanvar oyida esa “Manchester Siti” uni 40 million evro evaziga o'z safiga qo'shib oldi. Bu O'zbekiston futboli tarixidagi rekord transfer summasiga aylandi.

Abduqodir Husanovning transfer qiymati taxminan 50 million evroga baholanmoqda.

Sports.uz portali Abduqodir Husanovning Belarusga safari davomida mamlakatning nufuzli manbalaridan hisoblangan sport5.by saytiga bergan intervyusini o'quvchilar e'tiboriga havola etadi.

- Men hammasini juda yaxshi eslayman. Anatoliy Ivanovich Yurevichga minnatdorlik bildiraman. Aynan u tufayli men “Lans”ga ketdim. U menga juda katta yordam berdi, Belarus chempionati ham menga juda katta yordam berdi.

- Belarusdagi hayotingizdan nimalar eng ko'p yodingizda qolgan?

- Ivanichning meni koyigani (kuladi).

- Mashg'ulot paytida oyog'ingiz singani va bir hafta davomida og'riqqa chidaganingiz haqida gapirib bering...

- Oyog'imga zarba bo'lgandi, avval boshida ozgina og'riqni his qildim. Anatoliy Ivanovich oldimga kelib: “Mashg'ulotga chiq”, dedi.

O'shanda men yosh edim, hali Belarus chempionatida o'ynamaganman, jamoadoshlarim o'yinga ketganida shunchaki mashq qilib yurardim.

Yuklamalar sabab og'riq kuchayib bordi. Murabbiyning oldiga borib, dam olish so'rayman deb o'yladim. Ivanich esa: “Ukol qilamiz”, dedi.

Keyin tabletkalar ham ichdim. Maydonga chiqdim, 15 daqiqa chidadim, keyin esa davom ettirishning iloji qolmadi.

- O'zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokini qanday baholaysiz?

- Birinchi ishtirok uchun... Biz g'alaba qozonishni xohlagandik, ammo buning uddasidan chiqa olmadik. Keyingi safar harakat qilamiz.

- Jahon chempionatida kim g'alaba qozonadi?

- Bilmayman.

- Kimga muxlislik qilasiz?

- O'zbekistonga (kuladi).

- Qolgan jamoalardan-chi?

- Angliyaga.

- Chunki u erda do'stlaringiz bormi?

- Ha, bor.

Источник:Sports.uz
Поделиться: