Rafinnya "Atletiko" muxlislaridan uzr so'radi
UChR chorak finalining javob uchrashuvida "Atletiko" muxlislariga qilgan xatti-harakatlaridan so'ng "Barselona" hujumchisi Rafinnya uzr so'radi.

"Barselona" hujumchisi Rafinnya UChR Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvida "Atletiko" muxlislariga qilgan xatti-harakatlaridan so'ng uzr so'radi. Uchrashuv yakunida braziliyalik futbolchi mardidliklarning muxlislariga ularning jamoasi yarim final bosqichida turnirdan chiqib ketishini ko'rsatdi.
"Qilgan ishim uchun uzr so'rayman, bu qadriyatlarim va xarakterimga to'g'ri kelmadi. Bu kecha kechqurun menga nisbatan hurmatsizlik qilgan muxlisga javob beraotgan paytimda sodir bo'ldi", - deb yozdi Rafinnya DAZN kanali orqali o'zining ishtiroki aks etgan video e'lon qilingan izohda.
"Atletiko"ning yarim finaldagi raqibi bugun, 15 aprel kuni aniqdanadi. Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvida "Arsenal" va "Sporting" jamoalari to'qnash kelishadi. Birinchi uchrashuv "topchilar"ning g'alabasi bilan yakunlandi (1:0).








