FootballdeSport Tahririyati 5

Andrea Pirlo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ladi

Italiya terma jamoasi yangi bosh murabbiy masalasida qarorga kelgan. Jamoani endilikda Andrea Pirlo boshqarishi kutilmoqda.

Andrea Pirlo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ladi

Andrea Pirlo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ladi

Ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan ma'lumotlarga ko'ra, Italiya terma jamoasi rahbariyati yangi bosh murabbiy masalasida qarorga kelgan.

Jamoani endilikda Andrea Pirlo boshqarishi kutilmoqda. U bilan 2030 yil yozigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasi imzolanishi rejalashtirilgan. Yaqin kunlarda bu qaror rasman e'lon qilinishi aytilmoqda.

Italiya terma jamoasi yana bir bor jahon chempionati saralash bosqichini omadsiz yakunladi. Italyanlar Bosniya va Gertsegovina terma jamoasiga qarshi bahsda mag'lub bo'ldi: asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, penalti seriyasida esa 1:4 hisobida yutqazildi. Saralash bosqichida jamoani Djennaro Gattuzo boshqarib kelayotgan edi.

Andrea Pirlo
Source:Sports.uz
Share: