Diamondening "Real"ga transferi bekor boʻlishi mumkin
Leyptsig vingeri Yan Diomandening "Real"ga oʻtishi soʻnggi daqiqada bekor boʻlib qolishi mumkin. Tomonlar oʻrtasida moliyaviy shartlar boʻyicha kelishmovchiliklar paydo boʻlgani aytilmoqda.

Leyptsig vingeri Yan Diomandening "Real"ga oʻtishi soʻnggi daqiqada bekor boʻlib qolishi mumkin. Tomonlar oʻrtasida moliyaviy shartlar boʻyicha kelishmovchiliklar paydo boʻlgani aytilmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg oʻz ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Manba maʼlumotiga koʻra, "Leyptsig" Diomande uchun kamida 120 million evro talab qilmoqda. Bu miqdorning asosiy qismi futbolchi rasman klubni almashtirgan paytning oʻzidayoq toʻliq toʻlanishini istashmoqda. Qolgan qismi esa turli qoʻshimcha toʻlovlar va bonuslar koʻrinishida belgilanishi mumkin.

Soʻnggi muzokaralarda asosiy toʻsiq aynan shu bonuslar tizimi boʻldi. "Real" taklif qilgan murakkab bonuslar sxemasi tomonlarga kelishuvga kelishni qiyinlashtirmoqda.