O'zbekiston sportideSport Tahririyati 11
Andijon klubidan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqi olib tashlandi
Andijon klubiga sobiq futbolchisi Artyom Odinsov oldidagi qarzdorlik tufayli yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga qo'yilgan taqiq bekor qilindi.

Andijon klubidan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqi olib tashlandi. Joriy yilning 16 iyul sanasida FIFA Intizom qo'mitasi Andijon klubiga sobiq futbolchisi — Artyom Odinsov oldidagi qarzdorlik tufayli yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'ygan edi.
Kecha, 27 iyul sanasida, FIFA klub va futbolchi o'rtasidagi nizo to'liq hal qilingani hamda Andijon klubiga nisbatan qo'llangan intizomiy jazo chorasi bekor qilinganini ma'lum qildi.

Manba:Sports.uz