BoshqadeSport Tahririyati 88

Ziyoviddin Xojiniyazov – Xalqaro Kuraş assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib saylandi

Xalqaro Kuraş assotsiatsiyasi boshqaruv qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda tashkilot faoliyatining ustuvor yo'nalishlari va kelgusi rejalari atroflicha muhokama qilindi.

Ziyoviddin Xojiniyazov – Xalqaro Kuraş assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib saylandi

Xalqaro Kuraş assotsiatsiyasi-IKA boshqaruv qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish kuni tartibiga kiritan o'n ga yaqin masala doirasida tashkilot faoliyatining ustuvor yo'nalishlari va kelgusi rejalari atroflicha muhokama qilindi.

Shu jumladan, Shveytsariya, Italiya va Shri-Lanka Kuraş federatsiyalarining IKA a'zoligiga qabul qilinishi masalasi yuzasidan fikr almashildi. Mazkur masala bo'yicha yakuniy qaror Qozog'istonda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati doirasida tashkil etiladigan IKA Kongressi muhokamasiga kiriltirilishi belgilandi.

Shuningdek, qit'aviy chempionatlarini tizimli ravishda tashkil etish, hamda Xalqaro ko'zi ojizlar sporti federatsiyasi (IBSA) dasturi doirasida Kuraş musobaqalarini yo'lga qo'yish masalalari ham diqqat markazida bo'ldi. Bu tashabbuslar Kuraşning qamrovini kengaytirish va uni inklyuziv sport turi sifatida rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Yig'ilishga raislik qilgan IKA Prezidenti Haydar Farmon tashkiliy masalaga alohida to'xtalib o'tdi. Uning ta'kidlashicha, uzoq yillar davomida tashkilot birinchi vitse-prezidenti sifatida samarali faoliyat yuritgan, hindistonlik davlat va jamoat arbobi Jagdish Tatlerning iste'foga chiqqan murojaati Boshqaruv qo'mitasi tomonidan qabul qilindi.

IKA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga IKAning xalqaro hamkorlik va o'yinlar bo'yicha vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib bora-yotgan Ziyoviddin Xojiniyazov nomzodi bir ovozdan ma'qullandi.

Ziyoviddin Xojiniyazov Kuraş harakatida katta tajriba va mustahkam nufuzga ega mutaxassislaridan biri hisoblanadi. U 2000-yildan buyon Xalqaro Kuraş assotsiatsiyasi tizimida turli mas'ul lavozimlarda, jumladan, Xalqaro aloqalar departamenti direktori, Bosh kotib o'rinbosari, shuningdek, Osiyo Kuraş konfederatsiyasi Bosh kotibi sifatida faoliyat yuritgan.

Uning bevosita ishtiroki va tashkiliy salohiyati tufayli Kuraş bo'yicha 100 dan ortiq nufuzli xalqaro turnirlar, qit'a va jahon chempionatlari, shuningdek, Osiyo o'yinlari doirasidagi musobaqalar yuqori darajada tashkil etilgan.

Mazkur tayinlov Kuraşni xalqaro maydonda yanada tizimli rivojlantirish, uning nufuzini oshirish va yangi bosqichga olib chiqish yo'li da muhim qadamdir.

Ziyoviddin Xojiniyazov
Kuraş
Kuraş jamoasi
Kuraş musobaqasi
Kuraş chempionati
Kuraş turniri
Kuraş o'yini
Kuraş sporti
Kuraş federatsiyasi
Kuraş assotsiatsiyasi
Manba:Sports.uz
Ulashish: