O'zbekiston sportideSport Tahririyati 22
Yerevan Mayor Cup turniri: O'zbekiston bokschilari 4 ta medalni qo'lga kiritdi
O'zbekiston boks jamoasi Armanistonning Erevan shahrida bo'lib o'tgan Yerevan Mayor Cup turnirida 4 nafar bokschi bilan ishtirok etib, 4 ta medalni qo'lga kiritdi.

20-25 iyul kunlari Armanistonning Erevan shahri kattalar o'rtasida "Yerevan Mayor Cup" xalqaro turniriga mezbonlik qildi. Unda 4 nafar bokschimiz ham ishtirok etib, ularning barchasi g'olib va sovrindor bo'lishdi.
Oltin medal: -90 kg. To'rabek Xabibullaev
Kumush medal: -55 kg: Shaxzod Muzaffarov
Bronza medal: -60 kg: Samandar Olimov, -70 kg: Iqboljon Xoldorov
Murabbiy: Nodir G'ulomov
Hakam: Asliddin Abdualimov

Bu haqda O'zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Manba:Sports.uz