FutboldeSport Tahririyati 36

Xulian Alvares "Atletiko"dan ketmoqchi, asosiy maqsad — "Barselona"

Atletiko hujumchisi Xulian Alvares klubni tark etish istagini bildirdi. Unimg asosiy maqsadi — "Barselona"ga o'tish.

Xulian Alvares "Atletiko"dan ketmoqchi, asosiy maqsad — "Barselona"

"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares klubni tark etish istagini bildirdi. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano o'zining YouTube kanali dagi dasturida ma'lum qildi. Manbaga ko'ra, 26 yoshli argentinalik futbolchining asosiy maqsadi — "Barselona"ga o'tish.

Avvalroq katoloniyaliklar Alvares uchun taxminan 100 million yevro taklif qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq "matraschilar" futbolchini bundan ham yuqoriroq baholamoqda.

Shuningdek, Ispaniya matbuoti mardidliklar hujumchini sotish niyati da emasligini ham yozmoqda.

Ma'lumot uchun, Xulian "Atletiko" safida 106 ta uchrashuvda ishtirok etib, 49 ta gol urgan.

Xulian Alvares
Manba:Sports.uz
Ulashish: