Xo'jayin Mbappeni shoshilinch uchrashuvga chaqirdi
Real Madrid prezidenti Florentino Peres Mbappe bilan shoshilinch uchrashuv o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Real Madrid prezidenti Florentino Peres hujumchi Kiliyan Mbappe bilan shoshilinch uchrashuv o'tkazishni rejalashtirmoqda. Uchrashuv fransuz futbolchisi 11-iyun kuni start oladigan jahon chempionatiga ketishidan oldin bo'lib o'tishi kutilyapti.
Bu haqda AS xabar berdi. Manba ma'lumotiga ko'ra, "Qirolik klubi" rahbari Mbappening xulq-atvori tashvishga solmoqda.
Peres hujumchining jamoadan uzoqlashib qolgani haqida biladi, shuningdek, uning ayrim harakatlarini jamoadoshlari ham tushunmayapti.
Realda hali ham amalda "Oltin butsa" sohibi Mbappeni asosiy futbolchi deb hisoblashmoqda.
Peresning o'zi Mbappeni jamoaning eng zo'r futbolchisi sifatida qabul qiladi, ammo "Real"da hech kim o'rnini bosib bo'lmaydigan va alishtirib bo'lmaydigan o'yinchi emas.
