Vinishus Mbbapedan kam maoshga kўndi. Shartnoma uzaytiriladi!
Madriddagi "Real" klubining qanot hujumchisi Vinishus Jyunior klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma bo'yicha principial kelishuvga erishdi.

Madriddagi "Real" klubining qanot hujumchisi Vinishus Jyunior klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma bo'yicha principial kelishuvga erishdi. Tomonlarga faqat yakuniy tafsilotlarni kelishib olish qoldi.
Bu haqda Sky Sports jurnalisti Floriyan Plettenberg o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar qildi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Vinishus bilan mehnat shartnomasi uzaytirilganidan keyin ham jamoadoshi Kilyan Mbbappe klubdagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchi bo'lib qoladi.

Avvalroq OAVda Vinishus amaldaagi shartnomasi bo'yicha yiliga 25 million yevro ishlab topaotgani, Mbbappe esa 32 million yevro maosh olayotgani, braziliyalik yulduz klubda eng katta mablag' oladigan o'yinchi bo'lishni istayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Vinishusning amaldaagi shartnomasi 2027 yil oxirida yakunlanadi.





