O'zbekiston sportideSport Tahririyati 46
Umarali Rahmonaliyev „Sabah“ tarkibida yana bir sovrinni qo'lga kiritdi
Ozarbayjon kubogining final bosqichida „Sabah“ va „Zire“ jamoalari kuch sinashdi. Umarali Rahmonaliyev tarkibidagi „Sabah“ 2:1 hisobi bilan gʻalaba qozondi.

Ozarbayjon kubogining final bosqichida „Sabah“ va „Zire“ jamoalari kuch sinashdi. Bosh sovrin uchun kechgan bahsda oʻzbekistonlik futbolchi tarkibidagi „Sabah“ 2:1 hisobi bilan gʻalaba qozondi. Rahmonaliyev mazkur oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, toʻliq 90 daqiqa harakat qildi.

Maʼlumot uchun, hamyurtimiz avvalroq Ozarbayjon chempionatida ham oltin medallarni qoʻlga kiritgan edi.
Manba:Sports.uz