FutbolSuper Admin 420
UFA VA UFA 2 o'zaro o'ynaydi!
Hozirda Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazayotgan O‘zbekiston Milliy terma jamoasi rejasiga ko‘ra, navbatdagi tayyorgarlik bosqichida qiziqarli bahs tashkil etiladi.

O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning ma’lum qilishicha, 22 may kuni poytaxtdagi “Bunyodkor“ stadionida milliy terma jamoa a’zolari ikki tarkibga bo‘lingan holda o‘zaro o‘yin o‘tkazishadi.
E’tiborli jihati shundaki, mazkur nazorat bahsi yopiq eshiklar ortida emas, balki muxlislar ishtirokida o‘tishi kutilmoqda. Bu holat muxlislarga jamoa tarkibidagi o‘zgarishlar va yangi jalb etilgan o‘yinchilarning imkoniyatlarini yaqindan kuzatishga zamin yaratadi.