FutboldeSport Tahririyati 48

Turkiya kubogi: "Trabzonsport" finalda g'alaba qozonib, "Bashaksehir"ga evrokuboklarda ishtirok etish imkonini berdi

Turkiya kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi. "Trabzonsport" "Kon'yasporni" 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Turkiya kubogi: "Trabzonsport" finalda g'alaba qozonib, "Bashaksehir"ga evrokuboklarda ishtirok etish imkonini berdi

Turkiya kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Boshsavrin uchun kechgan bahsda "Trabzonsport" "Kon'yasporni" 2:1 hisobida mag'lub etdi. Dastlab, 18-daqiqada Pol Onuachu hisobni ochgan bo'lsa, 50-daqiqada Jekson Muleka muvozanatni tikladi.

Keyin esa yana katta sahnaga Onuachu chiqdi. Hujumchi 79-daqiqada penaltidan gol urib, jamoasiga g'alaba keltirdi.

Turkiya kubogi

Shu tariqa, "Trabzonsport"ning kubokdagi g'alabasi "Istanbul Bashaksehir" uchun ham muhim natijaga aylandi. Sababi, chempionatda kuchli to'rtlikdan joy olgan jamoa Turkiya kubogini ham qo'lga kiritasa, evrokubok yo'llanmasi liga orqali keyingi jamoaga beriladi.

Natijada Superligini 5-o'rinda yakunlagan "Bashaksehir" kelasi mavsum UEFA Konferentsiyalar ligasida ishtirok etadigan bo'ldi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: