FutboldeSport Tahririyati 5

Tchuameni Mourinoga kerak emas

Real Madridning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Orelen Tchuamenini rejalarida o'rin egallamasligi mumkin. Madridliklar yozgi transfer oynasida Tchuamenini sotish ehtimolini ko'rib chiqmoqda.

Tchuameni Mourinoga kerak emas

Real Madrid jamoasida to'p surib kelayotgan frantsuz yarim himoyachisi Orelen Tchuameni yangi bosh murabbiy Joze Mourino rejalarida o'rin egallamasligi mumkin. Bu haqda futbol olamida insayderlik ma'lumotlari bilan tanilgan Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko'ra, madridliklar 26 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasida sotish ehtimolini ko'rib chiqmoqda. Avvalroq Tchuameniga "Manchester Yunayted" klubi jiddiy qiziqish bildirgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

Orelen Tchuameni

O'tgan mavsumda Tchuameni "Real" tarkibida barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 49 ta o'yinda maydonga tushdi, ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etdi va yana ikki marta golli uzatma muallifiga aylandi.

Transfermarkt portali mutaxassislari frantsuz yarim himoyachisining bozor qiymatini 70 million evro atrofida baholamoqda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: