FutboldeSport Tahririyati 62

Tchuamani "Real" muxlislaridan uzr so'radi: "Bu holatni qabul qilib bo'lmaydi"

Oreljen Tchuameni "Real" mashg'ulotlarida sodir bo'lgan janjaldan so'ng rasmiy bayonot berib, klub muxlislaridan uzr so'radi.

Tchuamani "Real" muxlislaridan uzr so'radi: "Bu holatni qabul qilib bo'lmaydi"

Oreljen Tchuameni "Real" mashg'ulotlarida sodir bo'lgan janjaldan so'ng rasmiy bayonot berib, klub muxlislaridan uzr so'radi. Fransiyalik yarim himoyachi o'z so'zlarida sodir bo'lgan voqeani "qabul qilib bo'lmaydigan holat" deb ta'rifladi va bunday xatti-harakatlar yoshlarga beriladigan namunaga zid ekanini ta'kidladi.

Tchuameni

"Nima sodir bo'lgani va kim haq yoki nohaq bo'lganidan qati nazар, har doim mojaroni eng tinch yo'l bilan hal qilish kerak", - dedi u.

Tchuameni, shuningdek, klub imidjiga yetkazilgan zarrar uchun uzr so'rab, "Real" bilan bog'liq bu vaziyat muxlislar, jamoadoshlar va klub rahbariyatini qattiq xafa qilganini tan oldi.

Real Madrid

"Bu turdagi voqealar har qanday kiyinish xonasida sodir bo'lishi mumkin, lekin ular "Real Madrid"ga munosib emas. Biz dunyoda eng ko'p muhokama qilinadigan klub ekanimizni unutmasligimiz kerak", - deya qo'shimcha qildi fransiyalik yarim himoyachi

La Liga

Futbolchi klub tomonidan qo'llanilgan jazoni qabul qilishini ham ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, hozir asosiy e'tibor bahslarga emas, jamoa maqsadlariga qaratilishi kerak.

Chempionat

"Biz - oilamiz, ba'zan kelishmovchiliklar bo'ladi, lekin maqsadlar har doim birinchi o'rin da bo'lishi kerak. Men guruhdan va barcha mardidistlardan uzr so'rayman", - dedi Tchuameni.

Tchuameni
La Liga
Real Madrid
Futbol
Chempionat
La Liga
Manba:Sports.uz
Ulashish: