Tarixdagi eng zo'r nemis futbolchilari reytingi e'lon qilindi
FourFourTwo sayti tarixdagi eng yaxshi 10 nafar nemis futbolchisidan iborat reytingni e'lon qildi. Ro'yxatda birinchi o'rinni "Bavariya"ning afsonaviy himoyachisi Frans Bekkenbauer egalladi.

Tarixdagi eng zo'r nemis futbolchilari reytingi e'lon qilindi. Mashhur mana - FourFourTwo sayti tarixdagi eng yaxshi 10 nafar nemis futbolchisidan iborat reytingni e'lon qildi.
Ro'yxatda birinchi o'rinni "Bavariya"ning afsonaviy himoyachisi Frans Bekkenbauer egalladi. Ikkinchi o'rinda ham Myunxenliklar safida o'ynagan hujumchi Gerd Myuller joylashdi. Uchinchi pog'onani tabiiy ravishda "Bavariya" sharafini himoya qilgan Lotar Matteus band etdi.

To'liq ro'yxat quyidagicha ko'rinish oldi:
- Frans Bekkenbauer
- Gerd Myuller
- Lotar Matteus
- Filipp Lam
- Uve Zeeler
- Gyunter Netser
- Manuel Noyer
- Miroslav Klose
- Frits Valter
- Oliver Kan

Bekkenbauer milliy jamoa tarkibida jahon chempionati va Yevropa chempionatida g'alaba qozongan. "Bavariya" safida esa u 13 ta sovrin, jumladan uch marta Yevropa chempionlar kubogini yutib olgan.






