Superliga: "Navbahor" Toshkentda "Surhon"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi
Superliganing 7-turidan o'rin olgan ilk uchrashuv o'z nihoyasiga yetdi. Temur Kapadze boshqaruvidadagi "Navbahor" "Surhon" bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va navbatdagi muhim 3 ochkosini qo'lga kiritdi.

Uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida "Surhon" faol harakat qildi. Keyinchalik namangaliklar bir necha hujum uyushtirib, 26-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Gol muallifi - Alex Fernandez.

79-daqiqaga kelib "Navbahor" oradagi farqni 2 taga yetkazdi. Ruslanbek Jiyenovning uzatmasidan so'ng Vanja Ilich o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Eslib o'tamiz, "Lochinlar" ushbu bellashuvdan so'ng ochkolari sonini 15 taga yetkazib oladi va 3-o'ringa ko'tarildi. "Surhon" esa 8 ochko bilan 9-o'rinda qoldi.

Uchrashuv natijasi: "Navbahor" - "Surhon" 2:0