FutboldeSport Tahririyati 20

Siz konsang, Bernardu Silva bizda o'ynaydi

Manchester Siti" bilan shartnomasi tugash arafasida turgan 31 yoshli yarim himoyachi Bernardu Silva kelasi mavsumdan boshlab "Barselona" sharafini himoya qilishga rozi bo'lgan.

Siz konsang, Bernardu Silva bizda o'ynaydi

Siz konsang, Bernardu Silva bizda o'ynaydi

"Manchester Siti" bilan shartnomasi tugash arafasida turgan 31 yoshli yarim himoyachi Bernardu Silva kelasi mavsumdan boshlab, "Barselona" sharafini himoya qilishga rozi bo'lgan.

Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.

Transfer yakunlanish arafasida, ammo hali to'liq rasmiylashtirilmagan. Klub futbolchi bilan kelishuvga erishib bo'lgan.

Spors direktori Deku va klub prezidenti Joan Laporta Silvani jamoada ko'rishni istamoqda, futbolchining o'zi esa boshqa Yevropa klublarining qiziqishiga qaramay, kataloniyaliklarning taklifini tanladi.

Bernardu Silvaga "Atletiko Madrid", "Benfika", shuningdek Turkiya, Fransiya, Italiya va Saudiya Arabistoni klublari chorlov yuborgan edi.

Biroq bitim hali "Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning tasdig'ini olishi kerak. Transfer faqat uning roziligi bilan amalga oshiriladi.

30 iyun kuni Bernarduning "Manchester Siti" bilan shartnomasi tugaydi. U 2017 yildan buyon "shaharliklar" safida o'ynab kelmokda.

Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda 53 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol va 5 ta gollli uzatma muallifi bo'ldi.

Bernardu Silva
Manba:Sports.uz
Ulashish: