„Siti“ yozning ilk transferini hal qildi
„Manchester Siti“ yozda birinchi bo'lib transfer qiladigan futbolchi nomi ma'lum bo'ldi. Manchesterliklar Fransiyaning „Troya“ jamoasi bilan hujumchi Matias Detourbe transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

„Manchester Siti“ yozda birinchi bo'lib transfer qiladigan futbolchi nomi ma'lum bo'ldi. Manchesterliklar Fransiyaning „Troya“ jamoasi bilan hujumchi Matias Detourbe transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu harid uchun „shaharliklar“ 15 million yevro sarflashga rozilik berdi.
Spord direktori Ugo Viana jamoa tarkibini yangilashda davom etmoqda va asosiy e'tiborni istiqbolli yosh futbolchilarni jalb qilishga qaratmoqda.
Жорий mavsumda 18 yoshli hujumchi Ligue 2 o'yinlarida sakkizta samarali harakatni amalga oshirdi.
Ugo Viana 2025-yil iyul oyida Chiki Begiristain o'rniga sport direktori etib tayinlanganidan buyon jamoani jiddiy va puxta tarzda qayta qurish ishlarini olib bormoqda.
Uning dastlabki faoliyati tarkibni yangilashga qaratilgan yirik transferlar bilan boshlandi. Jumladan, Janluigi Donnarumma transferi amalga oshirildi, shuningdek 2026-yil yanvar oyida Mark Guehi va Antoine Semenyo xarid qilindi.

Bundan tashqari, tarkibni qayta ko'rib chiqish natijasida Bernard Silva va Jon Stonesning yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. Bu esa yosh futbolchilar uchun joy bo'shatishga qaratilgan.

Kelgusi yozda yana bir nechta yirik transferlar bo'lishi mumkinligi aytilmoqda. Ular orasida o'ng qanot himoyachisi va yarim himoya chizig'ida yangilik bo'lishi ehtimoli katta. Bu jarayonda Elliot Anderson nomi ham tilga olinmoqda.

Shu bilan birga, yosh iste'dodlar klubi uchun ustuvor yo'nalish bo'lib qolmoqda.





