Yengil atletikaSuper Admin 76

Sarvar Ismoilov Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi

Janubiy Koreyaning Mokpo shahrida yengil atletikaning uloqtirish turlari boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi.

Sarvar Ismoilov  Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi

Unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va kumush medallarga sazovor boʻldi.

Oltin medalni nayza uloqtirish dasturida Sarvar Ismoilov keltirdi. Yurtdoshimiz musobaqada 77.39 metr natija qayd etdi. Shu bilan birga, Ismoilov oʻzining shaxsiy rekordini ham yangiladi.

Qolaversa, bosqon uloqtirish sektorida Ayubxon Fayozov 71.33 metr bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Ulashish: