Rivaldo: "Men O‘zbekistonni sevaman va u yerda juda ko‘p do‘stlarim bor. Hammasi shunday tugaganidan afsusdaman"
2011-yilda Rivaldoning advolkati Luis Pereyra Internet sport nashri - "Sportingintellijens" bilan suhbatda quydagilarni takidlaydi?

1. 2008 yilda "Bunyodkor" bilan shartnoma imzolagan Rivaldo birinchi yil uchun 6 million yevro hamda reklama haqlari bo‘lib, ja‘mi 7 million 100 ming yevro daromad qilgan.
Bir necha oy ichida 2 yil klubda qolish taklifini olgan o‘yinchi 2011 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
Rivaldo O‘zbekistonning mahalliy klubini mintaqaviy o‘yinchi yoki undan ham kattaroq bir jamoaga aylantirish niyatida bo‘lganini aytgan.
2. 2009 yilning yozidan boshlab, Rivaldoga pul to‘lamay qo‘yishgan.
"Unga hech qanday katta muammo yo‘qligi, faqat naqd pul masalasi ekanini aytishgan, buning noodatiy ko‘ringaniga qaramay,Braziliyalik yulduz xavotirga tushmagan",- deydi uning himoyachisi.
Ammo nashrning yozishicha, kutishlar oylarga, keyin esa yilga cho‘ziladi va bir necha braziliyalik yosh o‘yinchilarni jalb qilgan Rivaldo ular uchun ham mas‘ulligini o‘ylab klubda qoladi va ularning maoshlarini o‘z hisobidan to‘laydi.
Klub homiysi bo’lgan "Zeromaks" braziliyalik futbolchilarning mehmonxona uchun haqlarini ham to‘lamay qo‘yadi.
2010 yilning iyuliga kelib, toqati toq bo‘lgan Rivaldo himoyachilarni ishga solishga majbur bo‘ladi.
"Zeromaks" ham xuddi shu payt kasodga yuz tutadi
"Men O‘zbekistonni sevaman va u yerda juda ko‘p do‘stlarim bor. Hammasi shunday tugaganidan afsusdaman", degan Rivaldo.
Braziliyalik o‘yinchi "Zeromaks"da 16 million dollar haqqi qolgani va kasodga uchragan shirkatning Shveytsariyada o‘tishi kutilayotgan mahkamasida ko‘rsatma berish niyatida ekanini bildirgan.
3.Ushbu davrda klub homiysi "Zeromaks" avvaliga Ziko, keyin esa Skolarini murabbiylikka yollagan.
"Ular Samuel Etoga bir mavsumga klubga o‘ynab berish uchun 25 million dollar taklif qilishdi va ispaniyalik yulduz o‘yinchilarning Toshkentga bir martalik safarlari uchun 1 million dollardan to‘lashdi", deb yozadi nashr.