FutboldeSport Tahririyati 3

“Real” olishdan bosh tortgan yulduz La Ligadan boshqa klub tanladi

“Chelsi” yarim himoyachisi Entso Fernandes “Atletiko” klubi uchun ehtimoliy transfer nishoniga aylandi. Fernandes “Chelsi”ni tark etishni istaydi va “Atletiko”ga oʻtish gʻoyasini maʼqullagan.

“Real” olishdan bosh tortgan yulduz La Ligadan boshqa klub tanladi

“Chelsi” yarim himoyachisi Entso Fernandes Madridning “Atletiko” klubi uchun ehtimoliy transfer nishoniga aylandi.

Jurnalist Saymon Fillipsning maʼlum qilishicha, “matraschilar” argentinalik futbolchini shu yozda sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Fernandesning oʻzi “Chelsi”ni tark etishni istaydi va “Atletiko”ga oʻtish gʻoyasini maʼqullagan.

Entso Fernandes

Biroq asosiy muammo transfer narxida. “Aristokratlar” 25 yoshli futbolchi uchun taxminan 120 million funt sterling (140 million evrodan ortiq) talab qiladi.

Yoz boshida Entso Fernandesga Madridning “Real” klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik “Qirollik klubi” rasmiy bayonot berib, futbolchini sotib olish niyati haqidagi barcha xabarlarni rad etgan.

Manba:Sports.uz
Ulashish: