FutboldeSport Tahririyati 29

«Real Madrid»ning yangi bosh murabbiyi qaysi?

«Real Madrid» klubi yangi bosh murabbiy etib Jose Mourinhoni tayinlashi mumkin. Buning uchun 15 million yevro to'lashi kerak bo'ladi.

«Real Madrid»ning yangi bosh murabbiyi qaysi?

«Real Madrid» klubi yangi bosh murabbiy etib Jose Mourinhoni tayinlashi mumkin. Buning uchun 15 million yevro to'lashi kerak bo'ladi.

Real Madrid prezidenti Florentino Perez boshchiligida klub yana bir bor Jose Mourinhoni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash ustida ish olib bormoqda. Ammo bu safar portugal mutahassisni olish mardidliklarga ancha qimmatga tushishi mumkin.

Benfica bilan 63 yoshli murabbiy o'rtasida tuzilgan shartnomada avvaldan taxminan 6 million yevro miqdorida maxsus band bor edi. Unga ko'ra, mavsum yakunlanganidan keyin 10 ish kuni ichida bu miqdorni to'lab, Mourinhoni olib ketish mumkin edi. Lekin ushbu muddat 29 may, juma kuni tugadi.

Endi esa, manbalarga ko'ra, Mourinhoning Benfica bilan shartnomasini bekor qilish uchun to'lanadigan summa 15 million yevrogacha oshgan.

Jose Mourinhoni Real Madridga qaytishi

Mourinho Madridga kutilmagan tarzda ikkinchi bor qaytish arafasida. U uch yillik shartnoma asosida Alvaro Arbeloa o'rniga jamoani qabul qilib olishi kutilmoqda.

Nima uchun Madrid bandini ishga tushirmadi?

Savol tabiiy: agar Madrid Mourinhoni oldindan yo'pib qo'ymagan bo'lsa, nega 6 million yevroli banddan foydalanmadi? Buning javobi Peresning kutilmagan qaroridan — prezidentlik saylovini e'lon qilishidan kelib chiqadi.

2010-2013 yillarda jamoani boshqargan Mourinhoni qaytarish tashabbusi aynan Peres tomonidan boshlangan. 28 aprel kuni u kelasi mavsum uchun 79 yoshli prezidentning asosiy nomzodi sifatida tilga olingan, Madrid esa ikkinchi mavsum ketma-ket sovrinsiz qolgan bir paytda muzokaralar jadallashtan edi.

12 may kuni Peres kamdan-kam uchraydigan matbuot anjumani o'tkazib, o'zini “soyadagi dushmanlarga” qarshi himoya qildi, uni lavozimidan chetlatishga urinishlar borligini aytib, 2029 yilgacha amal qiladigan mandati bo'lishiga qaramay, prezidentlik saylovini e'lon qildi.

Endilikda 37 yoshli tadbirkor, qayta tiklanuvchi energiya sohasida faoliyat yurituvchi Enrique Rikelme 7 iyun kuni bo'lib o'tadigan saylovda Peresga qarshi kurashmoqda. Taxminan 100 ming klub a'zosi ovoz berish huquqiga ega.

Peres saylovoldi davrida ham prezident sifatida o'z vakolatlarini saqlab qolmoqda — o'tgan hafta Antonio Rudigerning shartnomasi uzaytirildi, Mourinhoning murabbiylar shtabi va yozgi transfer rejalarini ustida ish boshlab yuborilgan.

Madrid Mourinhoni olib kelish niyatidan qaytmaganini ur'gulagani haqida manba xabar berdi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: