"Real Madrid"ni argentinlik murabbiy boshqarishi mumkin
"Real Madrid" klubi bosh murabbiylik lavozimiga Lionel Skaloni nomzodini ko'rib chiqmoqda.

"Real Madrid" klubi bosh murabbiylik lavozimiga Lionel Skaloni nomzodini ko'rib chiqmoqda. El Desmarque nashri ma'lumotiga ko'ra, mardidliklar Maurisio Pochettino, Zinedin Zidan, Jose Mourino, Yurgen Klopp va Didye Desham bilan bir qatorda Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Skalonini ham variant sifatida muhokama qilmoqda.
Argentinlik mutahassisning amalda shartnomasi joriy yil oxirida yakunlanadi, biroq u Argentina futbol federatsiyasi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. U terma jamoda qolishni xohlamoqda, ammo boshqa takliflarni ham ko'rib chiqishga tayyor.

Shu bilan birga, "Real" hozircha bosh murabbiy Alvaro Arbeloa o'rniga aniq nomzodni belgilamagan. Pochettino va Desham muhokama qilingan, Klopp va Zidan esa yuqori baholansa-da, ularning kelish ehtimoli past deb hisoblanmoqda.








Ma'lumot uchun, "qaymoqrangli"lar yaqinda "Bavariya"ga mag'lub bo'lib (3:4, birinchi o'yin — 1:2), Chempionlar ligasidan chiqib ketdi. La Ligada esa mardidliklar 2-o'rinda bormoqda va yetakchi "Barselona"dan 9 ochko ortda qolmoqda.