FutboldeSport Tahririyati 32

Real Madrid katta transfer ustida ishlamoqda

Real Madrid "Chelsi" yarim himoyachisi Enzo Fernandesni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.

Real Madrid katta transfer ustida ishlamoqda

"Real Madrid" "Chelsi" yarim himoyachisi Enzo Fernandesni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, APLning so'nggi turida "Sanderlend"ga qarshi uchrashuv argentinalik futbolchi uchun londondiklarning safidagi oxirgi o'yin bo'lishi mumkin.

25 yoshli yarim himoyachiga "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda. Biroq bu ko'p jihatdan Rodrining kelajagiga bog'liq. Agar "Real" ispaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olssa, Fernandes "shaharliklar" uchun asosiy variantga aylanishi mumkin.

"Aristokratlar"da esa futbolchi bilan xayrlashish ehtimoli ortib bora'yotgani aytilmoqda. Sababi, murakkab o'tgan mavsum davomida Enzo bosh murabbiy Liam Rosenegro qo'l ostida bir necha bor asosiy tarkibdan chetda qolgan.

Londondiklar muzokaralarga tayyor, ammo klub bir necha yil avval "Benfika"ga to'langan 121 million yevroni qaytarib olish qiyin bo'lishini tushunib turibdi.

Enzo Fernandes
Manba:Sports.uz
Ulashish: