FutboldeSport Tahririyati 5

Real Madrid Erling Haaland uchun qancha to'lashi kerakligi hal bo'ldi

Erling Haalandni sotib olish uchun Real Madrid 200 million yevroga yaqin pul to'lashi kerak bo'lishi haqida xabarlar tarqaldi.

Real Madrid Erling Haaland uchun qancha to'lashi kerakligi hal bo'ldi

Yevropadagi manbalarning ta'kidlashicha, "Real Madrid" hali ham "Manchester City" hujumchisi Erling Haalandning o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

"Qirolik klubi" prezidenti Florentino Perez, agar jamoa Vinicius bilan xayrlashishga majbur bo'lsa, Haalandni asosiy transfer sifatida ko'rib chiqmoqda.

Norvegiyalik forvardning "City" bilan amalda ekan shartnomasi 2034 yilgacha mo'ljallangan. Unga qo'yilgan transfer narxi "Real" uchun 200 million yevrodan ortiqqa tushishi aytilmoqda.

Erling Haaland jahon chempionatida o'zini juda yorqin namoyon qilmoqda. Norvegiya terma jamoasi guruh bosqichidan chiqishga ulgurdi, Haaland esa ikki o'yinda to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Erling Haaland

Fikrlar

Saralash

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!

Manba:Sports.uz
Ulashish: