O'zbekiston sportideSport Tahririyati 6

Rasmiy xabar! Sergey Lushchan - "Mashʼal" bosh murabbiyi!

Sergey Lushchan "Mashʼal" futbol klubining yangi bosh murabbiyiga tayinlandi. Uning oldingi ish joylari orasida "Bunyodkor", "Soʻgʻdiyona" va "Navbahor" klublari bor.

Rasmiy xabar! Sergey Lushchan - "Mashʼal" bosh murabbiyi!

Sergey Lushchan "Mashʼal" bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Muborakning «Mashʼal» futbol klubida murabbiylar shtabida oʻzgarish amalga oshirildi. Klubning amaldagi bosh murabbiyi Sakaev Ildar Usmanovich klub texnik direktori lavozimiga oʻtkazilganligi munosabati bilan jamoa bosh murabbiyligiga tajribali mutaxassis Sergey Ivanovich Lushchan tayinlandi.

53 yoshli murabbiy Toshkent shahrida tugʻilgan. U futbolchilik faoliyati davomida «Paxtakor», «Navbahor», Rossiyaning «Krylya Sovetov» hamda «Rostov» klublari safida toʻp surgan.

Murabbiy sifatida esa «Bunyodkor», «Soʻgʻdiyona», «Dinamo» (Samarqand), Belarusning «Shaxtyor» (Soligorsk) va «Shaxtyor» (Petrikov), shuningdek, Namanganning «Navbahor» klublarida faoliyat yuritgan. Uning soʻnggi ish joyi «Navbahor» boʻlib, 2024–2025-yillar davomida jamoani boshqargan.

Sergey Lushchan

«Mashʼal» futbol klubi Sergey Ivanovich Lushchanni bosh murabbiy lavozimiga tayinlangani bilan tabriklaydi hamda jamoamiz bilan yuksak natijalar va ulkan zafarlarga erishishini tilaydi.

Shu bilan birga, klub rivojiga qoʻshgan munosib hissasi uchun Sakaev Ildar Usmanovichga minnatdorlik bildiramiz va texnik direktor sifatidagi yangi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deyiladi xabarda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: