O'zbekiston sportideSport Tahririyati 59

Rasman! Islom Ahmedov "Andijon"ning tolaqonli bosh murabbiyiga aylandi

Islom Ahmedov "Andijon" klubining tolaqonli bosh murabbiyiga tayinlandi. U avval vaqtincha bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan edi.

Rasman! Islom Ahmedov "Andijon"ning tolaqonli bosh murabbiyiga aylandi

Rasman! Islom Ahmedov "Andijon"ning tolaqonli bosh murabbiyiga aylandi. "Andijon" klubi matbuot xizmati vaqtincha bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan Islom Ahmedovga doir rasmiy xabar e'lon qildi:

"Ma'lumki, shu yilning 14 aprel sanasida Islom G'ulomovich Ahmedov “Andijon” klubiga vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlangandi.

Ortada qolgan vaqt davomida jamoa uning boshchiligida hozirga qadar Superliga va Kubok bahslarida umumiy hisobda 5 ta o'yinda 4 g'alaba va 1 durrang qayd etdi.

Tabiiyki, natijalar ijobiy ko'rinish olgach, muxlislarda ham ijobiy kayfiyat hukm surmoqda.

Klub rahbariyati esa kamida mavsum oxirigacha Islom Ahmedovni bosh murabbiy lavozimida qoldirishga qaror qildi. Endilikda Islom Ahmedov vaqtinchalik emas, balki tolaqonli ravishda rasman bosh murabbiyga aylandi.

Bundan keyin ham Ahmedov va uning shtabiga ishonch bildiriishda davom etiladi va ijobiy natijalar bardavom bo'lishini tilab qolamiz" - deyiladi rasmiy xabarida.

Islom Ahmedov
Manba:Sports.uz
Ulashish: