FutboldeSport Tahririyati 25

PSJ „Real“dan keyin bu ishni uddalagan ikkinchi klub bo‘ldi

PSJ ketma-ket ikki mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqib, Yevropa futboli tarixidan o‘rin oldi.

PSJ „Real“dan keyin bu ishni uddalagan ikkinchi klub bo‘ldi

PSJ ketma-ket ikki mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqib, Yevropa futboli tarixidan o‘rin oldi. Parijliklar finalda „Arsenal“ni mag‘lub etib, bosqich sovrinini himoya qildi. O‘tgan mavsum esa Luis Enrike shogirdlari hal qiluvchi bahsda „Inter“ni 5:0 hisobi bilan tasmim etgan edi.

PSJ

Shu tariqa, PSJ Chempionlar ligasi yoki Yevropa chempionlar kubogida ketma-ket ikki va undan ortiq marta g‘olib chiqqan to‘qqizinchi klubga aylandi. Bunga „Real“, „Benfika“, „Inter“, „Ayaks“, „Bavariya“, „Liverpool“, „Nottingem Forest“ va „Milan“ erishgan edi.

Qiziqi, 1992-yilda musobaqa Chempionlar ligasi formatiga o‘tganidan beri faqat ikki klub ketma-ket ikki va undan ortiq marta chempion bo‘la olgan — „Real“ (2016, 2017, 2018) va endi PSJ.

Manba:Sports.uz
Ulashish: