Premier Liga. "Manchester United" o'z uyida "Leeds"ga mag'lub bo'ldi
Premier Liga 32-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv o'z nihoyasiga yetdi. "Manchester United" o'z maydonida "Leeds"ga 1:2 hisobi bilan imkoniyatni boy berdi.

Premier Liga 32-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv o'z nihoyasiga yetdi. "Manchester United" o'z maydonida "Leeds"ga 1:2 hisobi bilan imkoniyatni boy berdi.
Dastlab, uchrashuvda Okafor hisobni ochgan bo'lsa, 29-daqiqada uning o'zi oradagi farqni ikkitaga oshirdi.

"Qizil iblislar" a'zosi Kazemiro 69-daqiqada boshi bilan zárba berib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi. Qolgan vaqt davomida boshqa gol kiritalmadi.

Ushbu g'alabadan so'ng Daniel Farke shogirdlarining ochkolari soni 36 taga yetdi va jamoa 15-o'rinda bormoqda. "Manchester United" esa 55 ochko bilan 3-o'rinni egalab turibdi.






