“Piza” va “Verona” A Seriyadan tushib ketdi
Italiya A Seriyasining 35-turidan so'ng “Piza” va “Verona” jamoalari elitaning A Seriyasidan tushib ketishdi.

Italiya A Seriyasining 35-turidan so'ng “Piza” va “Verona” jamoalari elitaning A Seriyasidan tushib ketishdi. “Piza” o'z maydonida “Lechche”ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, 17-o'ringa chiqish imkoniyatini yo'qotdi. Shu tariqa, jamoa kelasi mavsumni Seriya Bda o'tkazadi. Eslatib o'tamiz, “Piza” 1990/91 mavsumidan keyin ilk bor A Seriyaga qaytgandi, ammo uzoq qola olmadi.
“Lechche”ning g'alabasi “Verona”ga ham salbiy ta'sir qildi — jamoa ham turnir jadvalida qolish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Veronaliklar 2019 yildan beri A Seriyada ishtirok etib keladi.

Ma'lumot uchun, A Seriyada har mavsum yakunida so'nggi uch o'ringa ega bo'lgan jamoalar quyi ligaga tushib ketadi.








