BoshqadeSport Tahririyati 2

Oʻzbekistonning Apache batonchigi xalqaro Superior Taste Award mukofotida ikki yulduzni qoʻlga kiritdi

Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan Apache batonchigi xalqaro Superior Taste Award mukofotida ikki yulduzga sazovor boʻldi. Bu muvaffaqiyat Deya kompaniyasi uchun muhim yutuq boʻlib, jamoaning mehnati va mahsulot sifatiga berilgan yuksak eʼtirof hisoblanadi.

Oʻzbekistonning Apache batonchigi xalqaro Superior Taste Award mukofotida ikki yulduzni qoʻlga kiritdi

Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan Apache batonchigi nufuzli xalqaro Superior Taste Award mukofotida ikki yulduzga sazovor boʻldi.

Mustaqil ekspertlar tomonidan oʻtkazilgan taʼm baholash natijalariga koʻra, Apache batonchigi yuqori sifat, taʼm darajasi va xalqaro standartlarga muvofiqligi uchun yuqori baholandi.

Apache batonchigi

Bu muvaffaqiyat Deya kompaniyasi uchun muhim yutuq boʻlib, jamoaning mehnati va mahsulot sifatiga berilgan yuksak eʼtirof hisoblanadi. Xalqaro baholash natijalari Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar xorijiy brendlar bilan muvaffaqiyatli raqobatlasha olishini va jahon ekspertlari tomonidan tan olinayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Superior Taste Award mukofotining qoʻlga kiritilishi nafaqat Deya kompaniyasi, balki mahalliy qandolatchilik sanoati uchun ham muhim voqea boʻldi. Bu oʻzbek ishlab chiqaruvchilarining xalqaro bozordagi salohiyati tobora ortib borayotganini namoyon etadi.

Deya kompaniyasi haqida

Deya — Oʻzbekistonning qandolatchilik korxonalaridan biri boʻlib, turli xil shirinliklar ishlab chiqaradi hamda oʻz brendlarini, jumladan mashhur Apache batonchigini rivojlantirib kelmoqda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: