O'zbekiston sportideSport Tahririyati 18

Oʻzbekistonlik afsona 2026 yil jahon chempionati gʻolibini bashorat qildi

Oʻzbekistonlik gimnastka Oksana Chusovitina 2026 yilgi jahon chempionati finali haqida oʻz fikrini bildirdi.

Oʻzbekistonlik afsona 2026 yil jahon chempionati gʻolibini bashorat qildi

1992 yilda jamoaviy musobaqada Olimpiya chempioni boʻlgan oʻzbekistonlik mashhur gimnastka Oksana Chusovitina 2026 yilda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati finali haqida oʻz fikrini bildirdi.

Hal qiluvchi bahsda Ispaniya milliy terma jamoasi amaldagi chempion Argentina futbolchilari bilan toʻqnash keladi.

- Men Argentina uchun qaygʻurib tomosha qilaman! Qaysi jamoa bugun yaxshiroq oʻynasa, oʻsha gʻalaba qozonadi. Har bir terma jamoaning oʻz muxlislari bor, men esa argentinaliklarni qoʻllab-quvvatlayman.

Hisob qanday boʻladi, deb soʻrasangiz? Menimcha, 2:1. Va Messi albatta gol uradi. Ijtimoiy tarmoqlarda Argentinaga yordam berilyapti, degan gaplar yozilyapti. Bilasizmi, magʻlubiyatni ham munosib qabul qila bilish kerak. Gʻalabaga eng kuchli jamoa loyiq, – dedi Chusovitina jurnalistlar bilan suhbatda.

Oksana Chusovitina
Manba:Sports.uz
Ulashish: