O'zbekiston sportideSport Tahririyati 45
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari maʼlum
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatidagi raqiblari belgili boʻldi. Ular Italiya, Yamayka va Kot-d'Ivuarga qarshi oynashadi.

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari maʼlum boʻldi. Bugun Tsyurix shahrida 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionatiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Qurʼa natijasiga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi "E" guruhidan oʻrin oldi. Vakillarimiz mundialda Italiya, Yamayka va Kot-d'Ivuarga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqa 2026 yilning 19 noyabridan 13 dekabrigacha Qatar maydonlarida boʻlib oʻtadi. Unda 48 ta terma jamoa 12 guruhga boʻlingan holda Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.
Manba:Sports.uz