Oʻzbekiston terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasi eʼlon qilindi. Futbolchilarimizning bozor qiymati bilan tanishing

Oʻzbekiston terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasi eʼlon qilindi. Fabio Kannavaro Oʻzbekiston terma jamoasining AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida oʻtkaziladigan Jahon chempionati uchun qaydnomasini eʼlon qildi.
Transfermarkt portaliga koʻra, kutilganidek ushbu tarkibning eng qimmat oʻyinchisi "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov boʻlib turibdi. Oʻtgan mavsum Angliya Premer-ligasida ajoyib mavsum oʻtkazgan himoyachimiz 35 million evroga baholanmoqda.

Undan soʻng esa yana ikki legionerimiz oʻrin oldi. "Istanbul Bashakshehir" klubi safida harakat qilayotgan terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov va jamoamizning isteʼdodli futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning narxi 7 millionni tashkil qilmoqda.
Qaydnomadan oʻrin olgan 30 oʻyinchimizning narxlari bilan tanishing:
- Abduqodir Husanov - 35 million
- Eldor Shomurodov - 7 million
- Abbosbek Fayzullaev - 7 million
- Azizjon Gʻaniev - 1.20 million
- Oston Oʻrunov - 2 million
- Otabek Shukurov - 1.6 million
- Abduvohid Neʼmatov - 1.5 million
- Akmal Mozgovoy - 1.4 million
- Hojiakbar Alijonov - 1.3 million
- Sherzod Nasrullaev - 1.2 million
- Igor Sergeev - 1.2 million
- Jaloliddin Masharipov - 1 million
- Jamshid Iskanderov - 1 million
- Odilbek Hamrobekov - 1 million
- Dostonbek Hamdamov - 900 ming
- Umarali Rahmonaliev - 800 ming
- Ruslanbek Jiyanov - 800 ming
- Rustamjon Ashurmatov - 750 ming
- Abdulla Abdullaev - 600 ming
- Jahongir Oʻrozov - 600 ming
- Sherzod Temirov - 600 ming
- Azizbek Amonov - 500 ming
- Jasurbek jaloliddinov - 500 ming
- Botirali Ergashev - 500 ming
- Avazbek Oʻlmasaliev - 500 ming
- Oʻtkir Yusupov - 500 ming
- Sherzod Esanov - 450 ming
- Umarbek Eshmurodov - 450 ming
- Behruz Karimov - 350 ming
- Farruh Sayfiev - 225 ming
Eslatib oʻtamiz, italiyalik mutaxassis qoʻl ostida jamoamiz Jahon chempionatining "K" guruhidan oʻrin olgan va ushbu guruhda Kolumbiya, Portugaliya hamda Kongoga qarshi maydonga tushadi. Boʻlajak muhim turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi.