O'zbekiston sportideSport Tahririyati 203

O'zbekiston Superligasida futbolchilar 27 milliondan, murabbiylar 10 milliondan ko'p maosh olmaydi

O'zbekiston Superligasi klublari futbolchilariga 27 milliondan, murabbiylariga 10 milliondan ko'p maosh to'lashi taqiqlandi. Bu qaror O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (OFA) va O'zbekiston Professional Futbol Ligasi (PFL) tomonidan qabul qilindi.

O'zbekiston Superligasida futbolchilar 27 milliondan, murabbiylar 10 milliondan ko'p maosh olmaydi

O'zbekiston Superligasida futbolchilar 27 milliondan, murabbiylar 10 milliondan ko'p maosh olmaydi. Yangi tartibga ko'ra, Superliga klublariga homiylik qilib kelayotgan yirik davlat korxonalari homiylik pullarini bir fondga tashlay boshlaydi.

O'zbekiston Superligasi

O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (OFA) nazori ostida har bir yuqori divizion jamoasiga 35 milliard so'm pul bo'lib-bo'lib tashlab beriladi. Birinchi partiya allaqachon klublar hisobiga o'tkazildi.

Futbolchi

Bu pullarni qanday taqsimlash bo'yicha OFA va PFL rahbariyati ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Unda aniq qilib aytildi: davlat bergan puldan hech kimga 27 million so'mdan ortiq maosh berib bo'lmaydi. Soliqlarni hisobga olgan holda, futbolchilar eng ko'pi bilan 23 million so'm atrofidagi maosh olishi mumkin.

Futbol

Shuningdek, klubdagi boshqa xodimlarga ham qanchadan pul berish mumkinligi belgilab berildi. Masalan, bosh murabbiy 10 million so'mdan kamroq maosh oladi. Buning e'timidi - klublar o'zlariga qo'shimcha homiy topishlari kerak.

Murabbiy
Futbol
Futbolchi
Futbol
Murabbiy
Futbol
Futbolchi

Manba: Kun.uz

Manba:Sports.uz
Ulashish: