O'zbekiston sportideSport Tahririyati 2

Oʻzbekiston keyingi bosqichga chiqishi kerak, deb hisoblardim! Kannavaroning eng katta xatosi ochiq aytildi

Valeriy Nepomnyashchiy Oʻzbekiston milliy terma jamoasining tarixiy jahon chempionatidagi omadsiz ishtirokini italiyalik bosh murabbiy Fabio Kannavaro tanlagan taktik qarorlar bilan bogʻladi.

Oʻzbekiston keyingi bosqichga chiqishi kerak, deb hisoblardim! Kannavaroning eng katta xatosi ochiq aytildi

Oʻzbekiston keyingi bosqichga chiqishi kerak, deb hisoblardim! Kannavaroning eng katta xatosi ochiq aytildi

Valeriy Nepomnyashchiy Oʻzbekiston milliy terma jamoasining tarixiy jahon chempionatidagi omadsiz ishtirokini italiyalik bosh murabbiy Fabio Kannavaro tanlagan taktik qarorlar bilan bogʻladi.

Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqada debyut qilganiga qaramay, guruh bosqichini magʻlubiyatlar bilan yakunladi. Jamoa Kolumbiya (1:3), Portugaliya (0:5) va Kongo Demokratik Respublikasi (1:3) futbolchilariga yutqazib, pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

Oʻzbekiston terma jamoasi

Oʻzbek futbolchini yaxshi bilan rossiyalik mashhur mutaxassis Valeriy Nepomnyashchiy jurnalistlar bilan muloqotda Oʻzbekistonning imkoniyatlari aslida yuqoriroq boʻlganini taʼkidladi. Uning fikricha, Oʻzbekiston kamida guruhda uchinchi oʻrinni egallab, keyingi bosqichga chiqishi kerak edi.

Fabio Kannavaro Oʻzbekiston terma jamoasiga 2025 yilning oktyabr oyida bosh murabbiy etib tayinlangan. Jamoa esa jahon chempionati yoʻllanmasini undan avvalroq, Timur Kapadze boshchiligida qoʻlga kiritgan edi.

Nepomnyashchiyning oʻzi 2006 yilda Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan, 1988–1990 yillarda esa Kamerun terma jamoasiga ustozlik qilgan va bu jamoa bilan 1990 yilgi jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan.

- Ehtimol, bu haqda gapirish men uchun unchalik toʻgʻri emasdir, lekin baribir aytaman: jamoani Timur Kapadze boshqarishi kerak edi, deb oʻylayman. Menga shunday tuyulyaptiki, Fabio Kannavaro futbolchilar salohiyatini toʻgʻri baholay olmadi va oʻyinlar uchun munosib taktika tanlamadi.

Kannavaro oʻyinchilarni oʻz gʻoyasiga moslashtirish oʻrniga, aksincha, ularning kuchli tomonlaridan kelib chiqib taktika qurishi lozim edi.

Kapadze esa ular bilan ancha vaqt ishlagan, imkoniyatlarini yaxshiroq biladi. Birinchi oʻyinda jamoa juda qotib qolgan, ehtiyotkor oʻynadi, ikkinchisida esa aksincha, haddan tashqari xavfli, avantyuraga yaqin uslubni tanladi, – dedi Valeriy Nepomnyashchiy.

Uning soʻzlariga koʻra, uchinchi bahsda jamoa oʻyini biroz yaxshilangan, ammo raqib ham unchalik kuchli emasdi.

- Baribir juda ranjidim. Chunki Oʻzbekiston terma jamoasi guruhda uchinchi oʻrinni olib, keyingi bosqichga chiqishi kerak, deb hisoblardim. Lekin bunday boʻlmadi. Biz yaxshi biladigan futbolchilar oʻzini yorqin koʻrsatdi. Lekin bunday tarkib bilan, albatta, himoyadan oʻynash, qarshi hujumlarda imkoniyat qidirish kerak edi. Bu imkoniyatlardan foydalana oladigan oʻyinchilar bor. Portugaliya yoki Kolumbiya bilan tengma-teng oʻynashga urinish esa mutlaqo notoʻgʻri yoʻl edi, – deya qoʻshimcha qildi tajribali mutaxassis.

Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta milliy jamoa ishtirokida va birinchi marta bir vaqtning oʻzida uch davlat – AQSh, Kanada va Meksika hududida oʻtkazilmoqda. Musobaqa 19 iyul kuni yakunlanadi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: