O'zbekiston sportideSport Tahririyati 100
O'FA rahbariyati va FIFA delegatsiyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi
O'FA rahbariyati va FIFA delegatsiyasi o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida 2027 yilgi U-20 Jahon chempionatini muvaffaqiyatli o'tkazish yo'lida yaqin hamkorlik davom ettirilishi qayd etildi.

O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O'FA) rahbariyati va Xalqaro Futbol Federatsiyasi (FIFA) delegatsiyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda futbol sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va O'zbekistonda futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida 2027 yilgi U-20 Jahon chempionatini muvaffaqiyatli o'tkazish yo'lida yaqin hamkorlik davom ettirilishi qayd etildi. O'zbekiston ushbu turnirni yuqori saviyada o'tkazish uchun barcha zarur choralarni ko'rishga tayyor ekanligini bildirdi.
Manba:Sports.uz