FutboldeSport Tahririyati 68

Neymarning jarohati kutilgandandan jiddiyroq bo'lishi mumkin

Neymarning jarohati atrofida xavotir uyg'otmoqda. Braziliya terma jamoasi uchun 5-10 kun maidaondan chetda qolishi taxmin qilingan edi.

Neymarning jarohati kutilgandandan jiddiyroq bo'lishi mumkin

Neymarning jarohati kutilgandandan jiddiyroq bo'lishi mumkin. "Santos" hujumchisi Neymarning jarohati atrofida xavotir uyg'otmoqda.

Avvalroq Braziliya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilgan 34 yoshli futbolchi boldir mushagidan jarohat olgani va 5-10 kun maidaondan chetda qolishi xabar qilingan edi.

Biroq ESPN ma'lumotiga ko'ra, Braziliya futbol konfederatsiyasida tiklanish jarayoni bundan ham uzoqroq davom etishi mumkin deb hisoblashmoqda. Tashkilot Neymarning jismoniy holatini baholash uchun 27 may kuni terma jamoa yig'inini boshlanishini kutmoqchi.

"Santos" esa hali ham futbolchining jarohati jiddiy emasligini ta'kidlamoqda. Klub hatto Neymar 26 may kuni "Deportivo Kuenka"ga qarshi Janubiy Amerika Kubogi bahsida maydonga tushishi mumkinligini ham istisno qilmagan.

Neymar jarohati

Shu bilan birga, vaziyatdan xabardor manbalar terma jamoa vakillariga tiklanish jarayoni avval o'ylanganidan murakkabroq kechayotganini bildirdi.

Ayni paytda Neymarning 1 va 6 iyun kunlari Panama hamda Misrga qarshi urtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi ehtimoli juda past baholanmoqda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: