Navbahor" Evropa Chempionlar ligasinining 3 karra g'olibi bo'lgan klub bilan hamkorlikni boshlaydi
"Navbahor" futbol klubi Niderlandiyaning "Ayaks" klubi bilan hamkorlikni boshladi. Hamkorlik doirasida "Ayaks" akademiya murabbiylari Namanganga jalb etiladi.

Navbahor futbol klubi Evropa Chempionlar ligasinining 3 karra g'olibi bo'lgan Niderlandiyaning "Ayaks" klubi bilan hamkorlikni boshladi.
Namangan viloyatiga tashrif buyurgan Prezidentning topshirig'i asosida, "Navbahor" futbol maktabi 3 yil muddatga Niderlandiyaning "Ayaks" futbol akademiya boshqaruviga topshirildi. Shu topshiriq ijrosi doirasida Namangan viloyati sport boshqarmasi boshlig'i, "Navbahor" PFK klubi vitse-prezidenti Akramjon Dedabaev hamda "Navbahor" klubi direktori Abdumalik Umrzoqov Niderlandiyaning dunyoga mashhur "Ayaks" futbol klubi bilan hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Hamkorlik memorandumiga ko'ra, "Ayaks" akademiyasining 11 nafar tajribali murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga jalb etiladi. Ular viloyatdagi futbol infratuzilmasi va yoshlar tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishadi, tomnlar Namanganda zamonaviy evro-futbol maktabini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishdilar.
Ushbu hamkorlik Namangan futbolining xalqaro tajriba asosida rivojlanishi, yosh iste'dodlarni kashf etish va professional futbolchilarni tayyorlashda yangi bosqichni boshlab beradi.