FutboldeSport Tahririyati 59

Nathan Ake Italiyaning top-klublariga shart qo'ydi

"Manchester City" himoyachisi Nathan Ake Italiya A Seriyasining "Juventus", "Milan" va "Roma" kabi top-klublariga o`tishi mumkin.

Nathan Ake Italiyaning top-klublariga shart qo'ydi

"Manchester City"ning tajribali markaziy himoyachisi Nathan Ake yozgi transferlar oynasi davrida o`ziga boshqa jamoa topishiga to`g`ri keladi.

Ayni paytda niderlandiyalik futbolchiga bir necha liga klublari qiziqish bildirayotgan bo`lsa, Akening o`ziga Italiya chempionati jozibador ko`rinmoqda.

Nathan Ake

Bu haqda Eindhovens Dagblad va Voetbal International nashrlari xabar bermoqda.

Manbaga ko`ra, Nathan Ake ancha davrdan buyon Italiya A Seriyasiga qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda bu liga top-klublaridan "Juventus", "Milan" va "Roma" markaziy himoyachini o`z tarkibiga qo`shib olishga tayyor.

Italiya A Seriya

Nathan Akening roziligini olish va bu transfer amalga oshishi uchun har uchala jamoa kelasi mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritishi kerak.

Juventus

2020-yildan buyon "Manchester City" sharafini himoya qilib kelayotgan Nathan Akening shartnomasi tugashiga yana bir yil bor. Biroq "shaharliklar" bu o`yinchini qo`yib yuborishga qarshi emas.

Manchester City

Nathan Ake terma jamoadagi o`rnini saqlab qolishi uchun muntazam o`yin amaliyotiga ega bo`lishi talab qilinmoqda. Hozirgi vaqtda himoyachi Niderlandiya terma jamoasi safida 58 ta o`yin o`tkazib, besh ta gol urgan.

Niderlandiya
Niderlandiya terma jamoasi
Niderlandiya terma jamoasi
Niderlandiya terma jamoasi
Niderlandiya terma jamoasi
Niderlandiya terma jamoasi
Manba:Sports.uz
Ulashish: