Mourinho "Real" futbolchilari bilan aloqaga chiqqan
Jose Mourinhoning "Real"ga qaytishi kutilmoqda. U „qaymoqrangli“larning uch nafar futbolchisi bilan suhbatlashgan.

Jose Mourinho yozda Madridning "Real" klubiga bosh murabbiy sifatida qaytishi kutilmoqda.
"The Touchline" nashri jurnalisti Miguel Serrano ta'yinib xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis so'nggi kunlarda "qaymoqrangli“larning uch nafar futbolchisi bilan suhbatlashgan.
Manbaga ko'ra, Mourinho Tiago Courtois, Kylian Mbappe va Vinicius Junior bilan muloqot qilgan.
Hoziroda 63 yoshli murabbiy "Benfica"ni boshqarmoqda. Lissabon klubi 16 may kuni "Estoril"ga qarshi mavsumdagi so'nggi o'yinini o'tkazadi. Jamoa hozir Primera jadvalida uchinchi o'rinda turibdi.
Jose Mourinho 2010–2013 yillarda ham "Real"ni boshqargan. Uning qo'l ostida mardidliklar 2012 yilda Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan edi.
