FutboldeSport Tahririyati 3

Messi: Iordaniyaga qarshi o'ynamasam, hammasi tamom bo'ladi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionati guruh bosqichining so'nggi turida Iordaniyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborishni istamayapti.

Messi: Iordaniyaga qarshi o'ynamasam, hammasi tamom bo'ladi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionati guruh bosqichining so'nggi turida Iordaniyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborishni istamayapti. Bu haqda argentinalik futbol jurnalisti Leo Paradiso xabar berdi.

Jurnalistning ta'kidlashicha, Messining asosiy maqsadi gollar sonini ko'paytirish emas. U maydonga tushish orqali o'yin amaliyotini yo'qotmaslik va jismoniy holatini yuqori darajada ushlab turishni istayapti.

Jamoa sardorining fikricha, rasmiy o'yinlarsiz 11 kunlik tanaffus juda uzoq muddat hisoblanadi. Shu bois Messi pley-off bosqichi oldidan o'yin ritmini saqlab qolish uchun Iordaniyaga qarshi uchrashuvda kamida qisqa vaqt bo'lsa-da maydonga tushishni rejalashtirgan.

Messi

Eslatib o'tamiz, Argentina Aljir (3:0) va Avstriya (2:0) ustidan qo'lg'a kiritgan ishonchli g'alabalardan so'ng guruhda birinchi o'rinni oldindan ta'minlab bo'ldi. Ushbu ikki uchrashuvdagi barcha gollar muallifi aynan Messining o'zi bo'ldi. 1/16 finalda Argentina Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: