"Mash'al" Kubokdagi o'yin orqali g'alabasiz seriyasini tugatdi
O'zbekiston Kubogi "C" guruhida so'nggi uchinchi tur o'yinlari o'tkazildi. "Mash'al" nihoiyat so'nggi turda g'alaba qozondi.

O'zbekiston Kubogi "C" guruhida so'nggi uchinchi tur o'yinlari o'tkazildi. Superligada faqat yutqazib kelaotgan va bu seriyani Kubok bahslarida ham davom etiraotgan "Mash'al" nihoyat so'nggi turda g'alaba qozondi.
Garchi, muborakliklar dastlabki ikkita turda yutqazib guruhdan qolib ketgan bo'lsa-da, ohirgi turda "Respublika FA"ga qarshi o'yinda hartugul g'alaba qozona olishini ko'rsata oldi.

O'yindan keyin "Mash'al" bosh murabbiyi Eldor Sakaev va "Respublika FA" jamoasi yordamchi murabbiyi Baxtiyor Umarov o'z fikrlari bilan o'rtoqslashdi.
Eldor Sakaev: "Xudoga shukr, qachondir seriya tugashi haqida oldin aytganman. Nihoyat, 14-o'yinda birinchi g'alabani qo'lga kiritdik. Futbolchilar ruhiy tarafdan qiyinchilikka tushib qolishgandi. Endi ta'tilga chiqamiz. Yigitlarga g'alaba uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yaxshi raqibga qarshi yaxshi o'yin bo'ldi. Jamoamiz potentsiali borligini ko'rsata oldi va g'alaba jamoamiz foydasiga ishlaidi, degan umiddamiz. Har bir uchrashuvdan dars olish mumkin. Endi bor e'tiborimizni chempionat o'yinlariga qaratamiz. Ikkinchi davra uchun rejalar tuzganmiz".
Baxtiyor Umarov: "Ikkita golga o'zimizga-o'zimiz qo'pol xato qildik. Darvozabonimiz va himoyachimiz ushbu vaziyatlarida xato qilishdi. Lekin umumiy olganda, yaxshiroq o'ynadik, deb o'ylayman. Asosiy tarkibning 6 nafar futbolchimizni U20 terma jamoamiz bilan KAFA musobaqasiga ketgani uchun o'rnini bilingan. Zahira o'yinchilari bilan o'ynaganimiz sezildi. Baribir ular ham yomon o'ynashmadi. 9 nafar futbolchimiz 2008 yilda tug'ilgan va ular hali maktab bolalari. Superliga jamoasiga qarshi yomon o'ynashmadi. Faqat ikkita vaziyatdagi xatonini hisobga olmaganda o'yindan qoniqdik".