“Liverpul” rahbariyati “Real”dan tavsiya so'radi
“Liverpul” yangi bosh murabbiy sifatida Xabi Alonsoning nomzodligiga to'liq ishonch bildirmayapti. Shu munosabat bilan “Liverpul” muntaxassisning “Qirolik klub”idagi faoliyati haqida ma'lumot olish maqsadida Madriddagi “Real” klubi bilan bog'landi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, “Liverpul” Alonsoning tayinlanishi haqidagi qarorni ma'qullamoqchi bo'lgan. Ta'kidlanishicha, bu “ishbilarmonlar dunyosidan tavsiyanoma”ga o'xshash xat. 2025-yilning yozida Trent Aleksandr-Arnoldning transferi tufayli klublar o'rtasida yuzaga kelgan keskinlikka qaramay, ular hamon ishonchli munosabatlarini saqlab qolmoqda.
Alonso o'tgan yozda “qaymoqchilar” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. 12-yanvar kuni “Qirolik klubi” ispanlik muntaxassis bilan hamkorlikni to'xtatganini e'lon qildi.