FutboldeSport Tahririyati 3

Kubarsi: "Jahon chempionati finalida Messiga qarshi o'ynash orzuim bo'lardi"

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi Jahon chempionati finalida Lionel Messiga qarshi o'ynashni orzu qilishini aytdi.

Kubarsi: "Jahon chempionati finalida Messiga qarshi o'ynash orzuim bo'lardi"

Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi Jahon chempionati finalida Lionel Messiga qarshi maydonga tushishni orzu qilishini aytdi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi o'z vaqtida "Barselona" sharafini himoya qilgan va Kubarsi uchun bolalik qahramonlaridan biri hisoblanadi.

"Messiga qarshi Jahon chempionati finalida o'ynash orzu bo'lardi. Avvalo, bu men finalda ishtirok etayotganimni anglatadi. Bu esa chempionlik uchun kurashish imkoniyati demakdir.

Agar raqib Messi bo'lsa, bu bolalik orzularimning ro'yobiga aylanardi", — dedi Kubarsi.

Kubarsi

Himoyachi argentinalik yulduzni o'zining kumiri deb atadi.

"Ha, albatta. Butun oilam “Barselona” muxlisi bo'lgan. Men kichikligimdan Messi bizning kumirimiz va namunamiz edi. U bilan shaxsan tanishishni juda istayman", — dedi ispaniyalik futbolchi.

Kubarsidan Messiga qarshi o'ynagan taqdirda Ispaniyaning g'alaba qozonish imkoniyati haqida ham so'raldi.

"Bu biz ko'zlayotgan aniq maqsad. Biz shu yo'lda harakat qilyapmiz", — deya javob berdi "Barselona" himoyachisi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: