FutboldeSport Tahririyati 14

Kristal Pallasga 3 ta sovrin olib kelgan murabbiy klubdan ketdi

Kristal Pallas klubining bosh murabbiyi Oliyer Glazner klubni tark etdi. U klubga 3 ta sovrin olib kelgan.

Kristal Pallasga 3 ta sovrin olib kelgan murabbiy klubdan ketdi

Kristal Pallas klubining bosh murabbiyi Oliyer Glazner klubni tark etdi. U klubga 3 ta sovrin olib kelgan. Avstriyalik mutaxassis Oliyer Glazner Londondagi "Kristal Pallas" klubining bosh murabbiyi lavozimini rasman tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Glazner 2024-yilning fevralidan bera "burgutlar"ni boshqargan. Uning qo'l ostida jamoa 121 ta o'yin o'tkazib, 53 ta g'alaba, 33 ta durrang va 35 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Kristal Pallas

Aytish joizki, Glazner "Kristal Pallas"ni Angliya kubogi va Superkubogida g'alaba qozonishga olib keldi. Bundan tashqari, klub Konferentsiyalar ligasi g'olibi bo'ldi. 51 yoshli avstriyalikka qadar "burgutlar" hech qachon sovrinlarni qo'lga kiritmagan edi.

Tez orada Glazner "Milan"ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi kutilmoqda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: