Kilian Mbappe zahirada qolganining sababini tushuntirdi
Real Madrid hujumchisi Kilian Mbappe "Real Oviedo"ga qarshi o'yinda zahirada qolganining sababini tushuntirdi.

Real Madrid hujumchisi Kilian Mbappe "Real Oviedo"ga qarshi o'yinda (2:0) zahirada qolganining sababini tushuntirdi.
"Men uchun "El-klassiko"da o'ynamaganim juda alamli bo'ldi. Hayot shunday.
Men hozir 100 foiz tayyorman. Asosiy tarkibda tushmaganimning sababi - murabbiy uchun men to'rtinchi hujumchi edim. Menden oldin Mastantuono, Vini va Gonzalo bor edi. Albatta, asosiy tarkibda bo'lishni xohlardim, lekin bu murabbiyning qarori va uni hurmat qilish kerak. Men xafa emasman", - dedi Mbappe.
Franziyalik futbolchi Arbelloa bilan munosabatlari haqida ham fikr bildirdi.
"Menda Arbelloa bilan hech qanday muammo yo'q. Unga hurmat bilan munosabatda bo'lish kerak. Murabbiyning falsafasini qabul qilish lozim va tarkib uchun raqobatda Vini, Gonzalo hamda Mastantuonodan o'tib ketish uchun yaxshiroq ishlashim kerak.
Men murabbiyning matbuot anjumanlarini tomosha qilmayman. Uyimda ispan emas, fransuz televideniyesi bor", - dedi "Real Madrid" forvardi.
